^Юқорига Back to Top
facebook

Қуръони карим ва тафсир

Ramazon Qur'on oyi

"Ramazon oyiki, unda odamlarga hidoyat hamda idoyatu-furqondan iborat ochiq bayonotlar bo'lib, Qur'on tushirilgandir..."(Baqara185-oyat). Ha bu oyda yer-u ko'kda shunchalar ko'p rahmat yog'ilib turgan paytki inson qaysi amalni qilmasin uning savobini Alloh taolo fazli bilan  O'zi istagancha mqidorda ko'paytirib beradi.

 

Yer-ko'kni rahmati bilan o'rab olib har dam bandalariga rahmati-yu fazlini yog'dirib turadigan oy bergan va bu oyni oylar Sultoni, Rahmat oyi, Qur'on oyi deya ulug' qilib Ummati Muhammadni to Qiyomatgacha aziz qilgan Allohga O'zining Buyukligi miqdoricha hamd. Bu oyni go'zal amallar bilan nurli tunlarini bezashni sunnat qilib, sokin kunlarini Mushk isli holda ro'zadorlik sharafi bilan o'tkazishni biz musulmonlarga farz aynlikni Robbmizdan olib bizlarga talim bergan va hayoti muboraklarida bu oy Qur'on oyi ekanini sunnat qilib ketgan Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovat va salomlar bo'lsin.

Hayotlari davomida bu oy qanchalik ulug' ekanligidan zikrlar, yaxshiliklar, jannatga musobaqalashishlarda bizga o'rnak bo'lgan olimlar va ustozlardan Alloh rozi bo'lsin. Bu oy jannatga yetishda eng fazilatli oyi, bu fazilatda eng afzal amallardan biri esa Qur'oni Karimni imkon qadar bir necha bor hatm qilishdir. Har bir ummatga sunnat bo'lib qolgani esa Qur'oni Karimni kamida ikki marta Ramazon hurmatidan hatm qilib tugatishdir. Butun dunyoda bo'lgani kabi bizning yurtimizda ham bu oyda masjidlarimizda Hatmlar bo'lib o'tadiki bu bir yilga yetadigan baraka kelishiga sabab bo'lgan amallardandir. Bu oyni g'animat bilish har damini zikr va ibodat Allohning muhabbati, Rasulullohning sog'inchlari bilan o'tkazmoqlik tinimsiz duolar qilish ummati Muhammadning eng yaxshi amallaridandir.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam yaxshilik qilishda hammadan ham saxiyroq erdilar. Xususan, Ramazon oyida, Jabroil alayhissalom bilan uchrashganlarida, yana ham saxovatlari oshib ketar edi, chunki Janob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to Ramazon tugaguncha, kechalari Jabroil alayhissalom bilan uchrashib, Qur'onni o'qib berar va o'zlarini imtihon qildirar edilar. Hamisha ul Janob, Jabroil alayhissalom ila uchrashsalar, yaxshilik qilishga bo'lgan saxovatlari kuchli shamoldan ham tezlashib ketar edi».

Alloh taolo O'zining abadiy mo''jizasi, qiyomatgacha insoniyatga hidoyat bo'ladigan kitobi Qur'oni Karimni tushirish vaqti qilib Ramazoni sharif oyini ixtiyor qilganining o'zi bu oyning fazilatini yuksakka ko'targan. Endi esa, nur ustiga nur, fazilat ustiga fazilat qo'shib, ro'za ibodatini ham shu Ramazon oyida tutishni farz qilib bu oyni ulug' daraja baraka va rahmat ekanini bildirib qo'ygan. Olimlar hayotlari davomida yil bo'yi eng muhim bo'lgan Allohdan so'rovlarini Ramazonda so'rashga yozib yig'ib yurishni odat qilib olib, Ramazon kelishi bilan Qur'on o'qib duo qilib so'rab olishar ekan. Bu bilan ular bu oyni qanchalik ulug' ekanligini his etib duolar to'siqsiz ijobatligiga ishonishgan. Bu oydagi ehson boshqa oydan afzal, bu oydagi hatmi Qur'on boshqa oydan afzal sababiki Alloh dunyo osomini rahmati mag'firati bilan o'rab olib Qur'onning sharafidan bandasini ilohiy nur bilan nurlantitib qalbini ham, yuzlarini ham nurafshon etadi. Kunduzlari u banda ro'zador bo'lib yana ibodat bo'ladi. Bu oyning avvalidan oxirigacha ibodat, tasavvur qilib ko'rilsa qaysi vaqt borki kunduz-u kechasi nima qilsa ajr olib sharaflanadi. Xattoki uyqusi ham ibodat, taomi, tahoratlarida gunohlari to'kilishi, masjid tomon odimlayotgan qadamlaridan ajrlari yozilishi, ota-onaga hizmat, qo'shnilarga ehson sanab tugotolmay aqli qochadi insonning. Allohning muhabbatidan bu oyda yer yuzida mehr ortib ketadi.

Qur'on oyi bo'lgan bu oyni g'aflat botqog'ida, hatmdan uzoqda qalbi qora gunohlar bilan xiralashgan holda masiyatlar ichidan chiqolmay o'tkazganlar nafslari va o'zlarini ayblasinlar. Bu oyni Alloh hammamizga avf oyi qilsinki unda qalbimiz ham, ruhimiz ham, tanamiz ham pok holda chiqishlikni Alloh barchamizga nasib aylasin.

 "Tahfizul Qur'on" kafedrasi

o'qituvchisi Mahmudov Zafar

Имом Бухорий номидаги Тошкент ислом институти "mumina.uz" расмий веб сайти Ўзбекистон матбуот ва ахборот агентлигининг № 1083 рақамли гувоҳномасига эга | Сайт материаллари Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Дин ишлари бўйича қўмита Экспертиза бўлими текшируви ва хулосаси асосида сайтга жойлаштирилади | Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда манзилимиз кўрсатилиши шарт!